Markaziy bank «Contact Finance» mikromoliya tashkilotiga litsenziya berdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi
Markaziy bank «Contact Finance» mikromoliya tashkilotiga litsenziya berdi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Contact Finance» mas’uliyati cheklangan jamiyati mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob roʻyxatidan oʻtkazildi.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Markaziy bank bitta toʻlov tizimi operatori hamda uchta toʻlov tashkilotining litsenziyasini bekor qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» United Fintech toʻlov tizimining litsenziyasi bekor qilingani haqida xabar bergan edi.