Namanganda oʻzganing 97 mln soʻm pulini oʻzlashtirgan firibgar treyder ushlandi
Namanganda oʻzganing pullarini birja orqali koʻpaytirib berishini aytib, aldab ketgan firibgar treyder qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida yashovchi ayol ichki ishlarga ariza bilan murojaat qilib, bank kartasidagi 92 mln soʻm pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganini aytgan.
Huquq-tartibot xodimlari tomonidan oʻtkazilgan qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan shaxs sodir etganligi aniqlangan.
U dastlab jabrlanuvchi ayol bilan Instagram soʻng Telegram messenjeri orqali yozishgan va unga oʻzining treyderlik faoliyati bilan shugʻullanishini va pullarini birja orqali tez fursatlarda koʻpaytirib berishini aytgan. Shundan soʻng u ayolning 97 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Hozirgi kunda holat yuzasidan treyderga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzganing plastik kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edi.