O‘zRda «Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha majburiy ovoz berishga qarshi kurash olib boriladi
eʼlon qilindi
Bu haqda senator Qobul Tursunov ma’lum qildi
Senat Kengashi «Tashabbusli budjet»ga majburiy ovoz berishni bekor qiluvchi va loyihalar monitoringini soddalashtiruvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi, dedi Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Qobul Tursunov.
Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan budjet sohasi xodimlari o‘rtasida majburiy jalb qilish holatlarini qayd etish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushadi.
Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish monitoringi natijalari Ochiq budjet portalida joylashtiriladi. Tashabbuslar natijasida tejalgan mablag‘ shahar yoki tuman jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet» ovoz berishda deyarli 2,8 ming loyiha g‘olib chiqqan edi.