Rossiyaga tashrif buyuradiganlar ichida O‘zbekiston fuqarolari yetakchi
O‘zbekiston 2024-yilning birinchi yarmida Rossiyaga kiruvchi fuqarolar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda «RBK» Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ga tayanib.
O‘zbekiston fuqarolari yanvar – iyun oylarida Rossiya Federatsiyasiga 1,8 mln marta kirdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga ko‘p (1,7 mln marta).
Bu davrda odamlar Rossiyaga qo‘shni davlatlardan ko‘proq kelishdi. Qozog‘iston ikkinchi o‘rinda (1,5 mln marta), Tojikiston uchinchi o‘rinda (977 ming marta).
Shu bilan birga, O‘zbekiston so‘nggi olti oyda rossiyaliklar eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar o‘ntaligiga kirmadi. Birinchi o‘ntalikda Rossiya fuqarolari tashrif buyurgan yagona Markaziy Osiyo davlati Qozog‘iston bo‘ldi. Bu davlat 1,2 mln tashrif bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda rossiyaliklar uchun konsultatsiya markazi ochilgani haqida xabar qilgan edi.