Samarqand viloyatidagi MCHJ 1 mlrd 3 mln so‘mlik elektr energiyasidan qonunga zid ravishda foydalanib kelgan. Bu haqda Energoinspeksiya xabar berdi.
Unga ko‘ra Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro o‘zining g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi uskunalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, g‘ayriqonuniy ravishda foydalangan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma haqida xabar bergan edi.