Shaxmatning rapid yo‘nalishidagi U-17 jahon chempionlari aniqlandi
2 – 8-avgust kunlari Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat musobaqasida rapid va blitz yo‘nalishlari bo‘yicha 17 yoshli jahon chempionlari nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Uzchess» Telegram kanali xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Bahrom Bahrillayev o‘z yoshi bo‘yicha tengsiz bo‘lib chiqdi va rapid yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Zilola Aktamova ham qizlar o‘rtasida peshqadamlikni o‘z zimmasiga olib, U-17 o‘rtasida dunyo birinchiligini qo‘lga kiritdi.
Chempionat turli yosh guruhlari bo‘yicha U9 dan U20 gacha bo‘lgan turnirlarni o‘z ichiga oladi. Yosh shaxmatchilar hafta davomida rapid (15 daqiqa + 10 soniya) va blits (3 daqiqa + 2 soniya) formatlarida bellashadi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning mukofot jamg‘armasi $20 mingni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» shaxmat bo‘yicha «UzChess Cup – 2024» turnirining «Masters» guruhi g‘olibi aniqlanganini e’lon qilgan edi.