«Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot» platformasiga 10 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi

eʼlon qilindi
Ushbu murojaatlarning 7 986 tasi hal etilgan
Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi / Telegram

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarligi doirasida tashkil etilgan «Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot» platformasiga 5-avgust holatiga koʻra 10,2 mingta xabar kelib tushgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Unga ko‘ra, murojaatlar to‘xtovsiz ishlab turgan qisqa 1094 va 1100 raqamlari orqali qabul qilingan.

Jumladan: 1 759 ta tadbirkorlarning huquqiy jihatdan himoyasini kuchaytirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlash bo‘yicha esa 1 006 ta. 476 ta murojaat tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar masalasi yuzasidan qabul qilingan. Tadbirkorlar faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 3 395 ta murojaatlar qabul qilingan.

Qo‘shimcha o‘rnida yo‘naltirilgan murojaatlar tashkilotlar kesimida quyidagicha taqsimlangan; vazirliklarga — 1 175 ta, qo‘mitalarga — 1 619 ta, oliy sudga — 153 ta, hududiy shtablarga — 3 024 ta, prokuraturaga — 373 ta;

«Ushbu murojaatlarning bugungi kun holatiga ko‘ra 7 986 tasi hal etilgan, qolganlari bo‘yicha ijro jarayonlari davom etmoqda», deydi palata o‘z xabarida.

Avvalroq «Kursiv» tadbirkor ayollar uchun Moliya kodeksi joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek