Tojikiston va Eron oʻzaro viza rejimini bekor qiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi
Foto: vin-kirill / depositphotos.com

Joriy yilning 10-avgustidan Tojikiston va Eron oʻzaro viza rejimini bekor qiladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har ikki tomon umumiy xorijiy pasport egalari uchun tomonlar hududiga birinchi kirgan kundan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurish huquqiga ega boʻladi.

Shuningdek, birinchi bosqichda vizasiz tizim faqat Dushanbe — Tehron va Tehron — Dushanbe havo yoʻllaridan foydalanadiganlar uchun amal qilishi ta’kidlandi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 4-fevralidan boshlab Oʻzbekiston va Eron vizasiz rejimni joriy qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek