Yashirin iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi qariyb 100 trln soʻmni tashkil etdi – Statistika agentligi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda ma’lum qildi
Foto: airtafolo@gmail.com / depositphotos.com

2023-yilda yashirin iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 99,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bunday natijalar birinchi marta Statistika agentligi tomonidan respublika iqtisodiyotini o‘rganish natijalari asosida olingan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Unga koʻra, xizmatlar sohasida 79,3 trln soʻm, qurilish ishlari sohasida 8,1 trln soʻm, sanoat tarmogʻida 12,3 trln soʻm qoʻshilgan qiymat hajmlari baholandi.

Shuningdek, agentlikning hisob-kitoblariga koʻra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2023-yilda 26 trln soʻm qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda baholandi hamda amaldagi 297,3 trln soʻmdan 323,3 trln soʻmga oshdi.

Shundan xizmatlar sohasida 6,7 trln soʻm, qurilish ishlari sohasida 14,3 trln soʻm, sanoat tarmogʻida 4,9 trln soʻm qoʻshimcha baholandi.

Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan mamlakatda YAIM hajmi 2023-yilda qoʻshimcha 125,6 trln soʻmga oshdi va jami 1 192,2 trln soʻmni tashkil etdi. Bu orqali aholi jon boshiga YAIM hajmi qoʻshimcha 3,4 mln soʻmga oshib, 32,7 mln soʻmga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» Bosh prokuratura Telegramdagi bot yordamida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash olib borishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek