Yunon-rum kurashchisi Vardanyan chorak finalda mag‘lub bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonlik sportchi -77 kg vaznda ilk raqibi Mahmud Abdulrahmondan g‘alabani tortib oldi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi / Telegram

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aram Vardanyan yunon-rum kurashi bo‘yicha «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari chorak final bahsida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Aram Vardanyan oʻtgan yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi yaponiyalik Nao Kusaka bilan bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi -77 kg vaznda ilk raqibi Mahmud Abdulrahmon ustidan g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq «Kursiv» bugun, 6-avgust kuni Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan to‘rt nafar sportchi ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek