O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev taklifi yuzasidan davlat tashrifi bilan 7-avgust kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.
Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi ilk muloqotda ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev davlat tashrif bilan Qozog‘istonda 7–8-avgust kunlari bo‘lishi haqida xabar bergan edi.