Dollar oltinchi kun ketma-ket qimmatlashmoqda
eʼlon qilindi
Uning narxi 12 640 so‘mdan oshdi

7-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 24,04 so‘mga ko‘tarildi va 12 640,01 so‘mni tashkil qildi.
Respublikadagi banklar dollarni 12 555 – 12 615 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 650 – 12 675 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh valyutasining qiymati olti kun davomida o‘sib kelmoqda. 6-avgust kuni uning narxi 21,12 so‘mga ko‘tarilgan edi.