Hamas harakatiga yangi rahbar saylandi
Hamas harakati rahbari Ismoil Haniya oʻldirilgandan keyin siyosiy byuroga Yahyo Sinvar yangi rahbar etib saylandi. Bu haqda «Evronews» nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sinvar Gʻazo sektoridagi harakatning rahbari va Hamas harbiy qanotini boshqarib kelgan. U uzoq yillar Qatarda yashagan Haniyadan farqli oʻlaroq Gʻazoda qolgan va 2017-yildan buyon siyosiy byuroning yetakchilaridan biri boʻlib, u kamdan-kam hollarda omma oldida koʻrinish bergan.
Shuningdek, 7-oktabr kuni Sinvar boshchiligidagi harakat Isroil janubida 1200 kishini oʻldirgan va 250 ga yaqin kishilarni garovga olgan edi. Shu sababli u Isroilning «qora roʻyxatida» birinchilardan joy olgan.
Avvalroq «Kursiv» Ismoil Haniya 31-iyul kuni Tehronga borganida oʻldirilgani haqida xabar bergan edi.