15 – 18-avgust kunlari Toshkentning «Humo Arena» muz maydonida Do‘stlik kubogi xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Humo» xokkey klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Humo»dan tashqari turnirda Belarus jamoasi «Brest», Rossiyaning «AKM» va Qozog‘istonning «Arlan» klublari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, «Humo» murabbiylar shtabini o‘zgartirdi va xokkey jamoasini sezilarli darajada yangiladi. «Humo»ning yangi bosh murabbiy Dmitriy Katayev Pro Hokey Ligasining so‘nggi mavsumida oltin medallarni Qozog‘istonning «Arlan» jamoasi bilan qo‘lga kiritgan. Jamoaga yangi o‘yinchilar kelib qo‘shildi, avvalgi mavsumlarning yetakchilari esa Vadim Kravchenko, Ilya Nazarevich va Pavel Sinyavskiy jamoada qolishdi.
13-avgust kuni soat 19:00 da «Tashkent City»da «Humo» xokkey jamoasining yangilangan tarkibi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq «Kursiv» «Humo» yangi murabbiy va yangilangan tarkib bilan muzga chiqishini e’lon qilgan edi.