Yangiliklar

Kamala Harris va Tim Vals rasman AQSh prezidenti va vitse-prezidentligiga nomzod boʻldi

Bu haqda Harris Filadelfiyadagi tarafdorlar oldidagi chiqishida maʼlum qildi
Foto: Newsweek.com

Amerika Qoʻshma Shtatlarining amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyadan rasman nomzod boʻldi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan. Tim Vals vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida e’lon qilindi.

Harris bu haqda u Filadelfiyadagi tarafdorlar oldidagi chiqishida maʼlum qildi.

«Men bugun sizning oldingizda turib, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga rasman nomzod ekanligimni gʻurur bilan eʼlon qilaman. Endi nimadir qilishimiz kerak. Biz umumiy saylovga borishimiz va unda gʻalaba qozonishimiz kerak», — dedi Xarris.

Avvalroq «Kursiv» Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qoʻygani haqida xabar bergan edi