Nobel mukofoti laureati Bangladesh muvaqqat hukumati rahbari bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi
Rasm: Bloomberg

2006-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan professor Muhammad Yunus Bangladesh muvaqqat hukumati rahbari bo‘ldi, deya xabar beradi yirik mahalliy nashr Dhaka Tribune.

Axborot manbai sifatida davlat rahbarining matbuot kotibi ko‘rsatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror talabalar harakati koordinatorlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan.

Muvaqqat hukumat tarkibi siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng aniqlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Bangladeshdagi tartibsizliklar haqida e’lon qilgan edi. Ommaviy norozilik namoyishlari iyul oyida boshlangan. Mahalliy talabalar Bangladesh Mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlari uchun davlat ish joylarining 30 foizigacha ajratilgan kvota tizimini adolatsiz, deb hisobladi.

Ommaviy tartibsizliklar fonida Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi.

Muhammad Yunus – iqtisodiyot fanlari professori va bankir. 2006-yilda u «iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun» Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Gap mijozlar biznesini kengaytirish sharti bilan Bangladeshning dehqonlar uchun mikrokredit tizimini yaratish loyihasi haqida bormoqda.

Shuningdek