O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsoli e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Bu katta turnirga Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi
Foto: O‘FA

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal boʻyicha jahon chempionatining rasmiy timsoli e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Unga koʻra, Xon ismli Turon yoʻlbarsi musobaqa timsoli boʻldi.

«Kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblangan Turon yoʻlbarsi yurtimizda oʻtadigan mundialning rasmiy timsoli etib tanlandi. Oʻziga xos mahorat bilan chaqqon harakat qilishi va uning yuqori tezligi mazkur timsolni futzal sport turi bilan bogʻlaydi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaga 14-sentabr kun start beriladi. Bu katta turnirga Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi.

Avvalroq «Kursiv» futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari aniq bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek