O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilindi
Og‘ir atletika sportchisi Sardor Lapasov Butunjahon dopingga qarshi kodeksidagi 2.1-moddasida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni amalga oshirgani uchun to‘rt yilga musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, sportchidan olingan doping testida sportda taqiqlangan «Klenbuterol» moddasi mavjudligi oshkor bo‘lgan. Oqibatda sportchi to‘rt yil muddatga milliy va xalqaro bellashuvlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qilingan.
Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, ushbu «Klenbuterol» moddasi 2024-yildagi taqiqlangan moddalar ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Ta’kidlash joizki, diskvalifikatsiya qilingan sportchi yoki murabbiy muddati nihoyasiga yetgunicha hech bir musobaqalarda qatnashishi mumkin emas. Ishtirok etgan taqdirda unga qo‘yilgan taqiq muddati umrining oxirigacha uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlaridagi medallar jadvali yangilandi