«Parij – 2024»: 7-avgust kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Uchta sport turida besh nafar atlet qatnashadi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Olimpiada oʻyinlarining 7-avgust kungi bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchta sport turida besh nafar atlet bilan qatnashadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Kun davomida ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilarning chiqish vaqtlari bilan tanishing:

Baydarka va kanoeda eshkak eshish

Yekaterina Shubina – 12:30 (K1 500 metr)

Shahriyor Mahkamov – 13:40 (K1 1000 metr)

Yunon-rum kurashi

Aram Vardanyan – 14:00 (-77 kg)

Rustam Assakalov – 14:00 (-97 kg)

Boks

Bahodir Jalolov – 01:00 (+92 kg)

Avvalroq «Kursiv» Olimpiada oʻyinlarida medallar jamgʻarish boʻyicha jadvalni taqdim qilgan edi.

Shuningdek