Yangiliklar

Assakalov va Vardanyan bronza medali uchun kurash olib boradi

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov bronza medali uchun oʻtish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Aram Vardanyan bronza medali uchun oʻtish bosqichida jazoirlik Abdelkrim Oukalini magʻlubiyatga uchratdi. Endi u (-77 kg) vazn toifasining sovrindorlar qatoridan joy olish uchun armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.

Rustam Assakalov (-97 kg) koreyalik sportchi Seong Jun Kimni magʻlub etib, Olimpiada medali sari yana bir qadam tashladi. Endi u bu yoʻlda kubalik Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqadi.

Avvalroq «Kursiv» 7-avgust kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.