Samarqand aeroporti yo‘lovchilar oqimining o‘sishi bo‘yicha ACI Europe reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yilning iyul oyida yo‘lovchi tashish 117 ming kishiga yetdi
Rasm: Samarqand aeroporti

ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand aeroporti 2024-yilning birinchi yarmida o‘rta darajali aeroportlar toifasida ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Joriy yilning birinchi olti oyida yo‘lovchi tashish 2019-yilgi pandemiyadan oldingi holatga nisbatan 191,6 foizga o‘sdi. Bu yiliga 1 milliondan 10 milliongacha yo‘lovchi tashish bo‘yicha aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinda turadi.

2024-yilning iyul oyida yoʻlovchi tashish 117 ming kishiga yetdi, bu 2023-yil mazkur davriga nisbatan 51 foizga koʻpdir. Shuningdek, 2024-yilning birinchi olti oyida aeroport orqali 647 ming yo‘lovchi o‘tdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Samarqanda aeroporti terminalini boshqaruvchi «Air Marakanda» kompaniyasi 21 ta aviakompaniya bilan hamkorlik qilib, 18 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirmoqda, shundan 17 tasi xalqaro va bittasi mahalliy hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand aeroporti boshqa yuqori toifaga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek