Transport vazirligi tashuvchilarga litsenziya berishdagi nosozliklar haqida ogohlantirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Mutaxassislar texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun choralarni ko‘rmoqda
Transport vazirligining litsenziya hamda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalarini elektron tarzda berish tizimida texnik nosozliklar kuzatilmoqda, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Transport vazirligining aniqlik kiritishicha, mutaxassislar texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun choralarni ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston orqali tranzit yuk tashish hajmi 10 foizga kamaydi.
Avvalroq «Kursiv» Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansini tuzgani haqida yozgan edi.