8-avgust kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo harorati 45-darajagacha jazirama issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: Piqsels

Bugun, 8-avgust kuni respublikaning janubiy hududlarida havo harorati 45-darajagacha qiziydi va chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Farg‘ona vodiysida havo 34-39 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 37-41 daraja issiq, kechasi esa 24 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, ammo yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi 32-daraja isishi mumkin, kechga kelib 17 darajagacha pasayishi mumkin.

Shuningdek