Bahodir Jalolov finalda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bokschi yarim finalda germaniyalik raqibini mag‘lub etdi
                    
                            
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov «Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga chiqdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
8-avgust, payshanbaga o‘tar kechasi Jalolov germaniyalik Nelvi Tiafakni mag‘lub etdi.
O‘zbekistonlik sportchining Olimpiya oltin medali uchun kurashdagi raqibi fransiyalik Jamili-Dini Moindze va ispaniyalik Ayub G‘adfa o‘rtasidagi jang g‘olibi bo‘ladi.
Jalolov «Tokio – 2020» yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» Assakalov va Vardanyan bronza medali uchun kurash olib borishini e’lon qilgan edi.
