Buyuk Britaniya bo‘ylab irqchilikka qarshi minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir necha kunlik to‘polonlardan so‘ng, politsiya chorshanba kuni yana bir tartibsizliklarga tayyorlandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘ta o‘ngchi guruhlar 20:00 da mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq obyektlarda vizalarni qayta ishlash markazlari va immigratsiya bo‘yicha advokatlar idoralarini nishonga olish uchun norozilik namoyishlariga chaqirdi.
Ammo oqshomga kelib, politsiya xodimlari immigratsiya markazlarini qo‘riqlash va o‘ta o‘ngchilarni to‘xtatish uchun hozir bo‘ldi.
Olomon butun mamlakat bo‘ylab irqchilikka qarshi namoyishlarda «Sizdan ko‘ra ko’proqmiz» deb hayqirdi.
Chorshanba kungi qarshi namoyishlar burilish nuqtasi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, ammo tungi tartibsizliklar hozircha kamaygan. Bu oldingi o‘ta o‘ngchilar namoyishlari zo‘ravonlikka aylanib, ba’zilari allaqachon qamoq jazosiga hukm qilinganidan so‘ng, ko‘pchilik ko‘chaga chiqishdan to‘xtatilgani oqibatida bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, namoyishchilar ikki tomonlama standartlarda ayblab, bosh vazir Key Starmerga «ikkiyuzlamachi Keyr» deb atashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlar haqida yozgan edik.