2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 13,9 ming qo‘shma hamda xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 4,22 mingtasi qo‘shma korxonalar bo‘lsa, 9,66 mingtasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy hisobda 12,7 mingta qo‘shma hamda xorijiy korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, bundan 4,85 mingtasi qo‘shma, 7,88 mingtasini esa xorijiy korxonalar tashkil qilgan.
Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qo‘shma hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 1,14 mingtaga (deyarli 9 foizga) ko‘paygan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlatdan ko‘proq odamlar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.