Dollar kursi yettinchi kun ketma-ket o‘smoqda
eʼlon qilindi
Bugun uning narxi deyarli 12 so‘mga ko‘tarildi
8-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 11,97 so‘mga ko‘tarildi va 12 651,98 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlari dollarni 12 580 – 12 640 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 670 – 12 710 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dollarning qiymati 31-iyuldan beri o‘sib kelmoqda. 7-avgust kuni AQSh valyutasi 24,04 so‘mga qimmatlashgan edi.