Madaniy meros agentligi taniqli rassomlarning rasmlari Olx’da sotilayotganiga izoh berdi
eʼlon qilindi
Yuqori narxlarda sotuvga qo‘yilgan eksponatlar surati tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasiga aloqador deyilgan san’at buyumlarining onlayn sotuvga chiqarilgani haqidagi muhokamalari yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, muzey mutasaddilari holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bordi. Kuratorlar va eksponatlar xavfsizligiga mas’ul xodimlar bilan birgalikda har bir buyum sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilgan.
Muzey rahbariyatining ta’kidlashicha, Olx platformasida «onlayn sotuvga qo‘yilgan» mazkur eksponatlar o‘z o‘rnida. Ushbu holat va muzeyning ta’mir jarayonidaligi orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda Oʻzbekiston va xitoylik arxeologlar shahar xarobalarini topgani haqida yozgan edik.