Oʻzbekistonning rasmiy zaxiralari $1,06 mlrdga oshdi – Markaziy bank
Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatning xalqaro valyuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqdagi ma’lumotlar Markaziy bank saytida e’lon qilingan.
«Oʻzbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2024-yilning iyul oyida 1,06 mlrd dollarga oshdi. Xususan, oltin narxining 2327,6 dollardan 2419,6 dollargacha koʻtarilishining ta’siri +1,11 mlrd dollarni tashkil etdi», deyiladi MB xabarida.
Regulyatorning hisobotida ma’lum qilinishicha, 1-avgust holatiga Oʻzbekistonning rasmiy zaxiralari $37,4 mlrdni tashkil qilib, ortda qolgan oyda $1,06 milliardga koʻpaydi.
Iyul oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati $27,31 mlrddan $29,15 milliardgacha oshgan. Oʻz navbatida, oltinning fizik hajmi 11,7 mln troya unsiyadan 12,1 mln troya unsiyagacha ko‘paydi.
Shuningdek, Oʻzbekistondagi xorijiy valyuta zaxiralari qiymati boʻlsa, $8,5 mlrddan $7,7 mlrdgacha kamaygan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi oshib, yangi rekord oʻrnatgani haqida xabar bergan edi.