Qozog‘istonda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining filiali ochildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Olmaota shahrida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining filiali ochildi. Ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev muassasani tantanali ravishda ochib berdi.
«Bugungi kunda Qozog‘istonda 6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. O‘z navbatida, qozog‘istonlik yoshlar ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqda», dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev.
Eslatib o‘tamiz, bitim doirasida Chirchiq shahrida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochilgan.