O‘zbekistonda «Soliq biznes» orqali 191 milliard so‘m soliq to‘landi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Joriy yilning yetti oyi davomida
                    
                            
2024-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda «Soliq biznes» ilovasi orqali 191,5 milliard so‘m soliq to‘landi, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Dildora Hoshimova.
2023-yilda ushbu ilova yordamida O‘zbekiston fuqarolari 134 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
«Soliq biznes» foydalanuvchilari soni joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra 7,5 million kishidan oshdi.
Soliq qo‘mitasi ilovani App Store va GooglePlay’da eng ko‘p yuklab olingan 10 talik qatoridan joy olganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi yirik riteylerlar olti oyda qancha soliq to‘lagani haqida yozgan edi.