Yangiliklar

O‘zbekistonda elektron brasletlar qo‘llanila boshlanadi

Probatsiya nazoratidagi shaxslarga
Rasm: www.rnz.co.nz

Oʻzbekiston hukumati qonunbuzarlarning elektron braslet taqish amaliyotini joriy etish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi, deya xabar beradi Adliya vazirligi.

Hujjat «Probatsiya to‘g‘risida»gi qonun deb nomlanadi. Bir kun avval uni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan edi.

Probatsiya deganda hukmlarning ijrosini ta’minlash va keyinchalik qonun buzilishining oldini olish choralari tushuniladi. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya va afv etilgan shaxslar «probatsiyaga hisobiga qo‘yiladi». Ular maxsus axborot tizimiga kiritiladi.

Probatsiyadagi shaxslarning xatti-harakatlari elektron brasletlar yordamida nazorat qilinadi. Bu » probatsiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatish ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish maqsadida» amalga oshiriladi. Xulq-atvori belgilangan mezonlar asosida har uch oyda baholanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda tungi sukunatni buzganlik uchun jarima miqdori o‘n barobarga oshishini e’lon qilgan edi.