Toshkent shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jami 30 ta medalni qo‘lga kiritgan. Undan 8 tasi oltin, 11 tasi kumush va qolgan 11 tasi bronza medallaridir.
Ma’lumot uchun, 2-o‘rinni 13 ta medal bilan Qozog‘iston, 3-o‘rinni esa 8 ta medal bilan Fide terma jamoalari egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxmatning rapid yo‘nalishidagi U-17 jahon chempionlari haqida yozgan edik.