Oʻzbekistonlik taekvondochi Ulugʻbek Rashitov Olimpiada oʻyinlarida chorak finalga yoʻl oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Unga koʻra, (-68 kg) vaznda ishtirok etgan Ulugʻbek Rashitov gonkonglik Lo Vai Fung ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Eslatib oʻtamiz, Rashitov «Tokio – 2020» yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» bokschi Bahodir Jalolov finalga chiqqani haqida xabar bergan edi.