Yangiliklar

Olimpiya o‘yinlarida medallar bo‘yicha O‘zbekiston yana besh pog‘onaga pasaydi, Qozog‘iston esa ko‘tarildi

Hozir respublika 44-o‘rinda
Rasm: Piqsels

8-avgust kuni «Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlari qiziqarli o‘tmoqda. Turnir jadvalidagi o‘zgarishlar bo‘yicha turnir matbuot xizmati xabar beradi.

Toshkent vaqti bilan soat 12:21 holatiga ko‘ra, AQSh birinchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda. Avstraliya yana to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritib Fransiyani dog‘da qoldirdi.

O‘rinDavlatOltinKumushBronza Jami
1AQSh27353294
2Xitoy25231765
3Avstraliya18121141
4Fransiya13172151
5Buyuk Britaniya12172049
6Janubiy Koreya 128727
7Yaponiya1261331
8Italiya 910827
9Niderlandiya95620
10Germaniya85518

Kecha bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha bronza medallari uchun bahslarda O‘zbekiston vakillari imkoniyatni boy berishdi. Milliy terma jamoa besh pog‘onaga pasaydi. Qozog‘iston esa aksincha, ikki pog‘onaga ko‘tarildi.

O‘rinDavlatOltinKumushBronza Jami
28Qozog‘iston 1337
44O‘zbekiston 123
58Qirg‘iziston134
68Tojikiston33

Avvalroq «Kursiv» 8-avgust kuni oʻzbekistonlik sportchilar «Parij – 2024» o‘yinlarida qaysi musobaqalarda ishtirok etishini e’lon qilgan edi.