Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga tashrifi doirasida mamlakatning «Oltin Qiron» («Oltin burgut») ordeni bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Qozogʻistonning oliy davlat mukofotini Oʻzbekiston prezidentiga Qosim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirib, bunday yuksak mukofot ikki mamlakatning koʻp davrlik chinakam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini birlashtirish boʻyicha birgalikdagi sa’y-harakatlarga berilgan baho ekanini ta’kidladi.
Orden 1995-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Qozog‘iston oldidagi alohida xizmatlari uchun beriladi.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonda qanday kutib olingani haqida xabar bergan edi.