Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonda qanday kutib olindi — foto

Bu haqda davlat rahbari axborot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 8-avgust kuni Oqoʻrda qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda davlat rahbari axborot xizmati xabar berdi.

Oliy darajali mehmon uchun Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi hamda birgalikda suratga tushildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shundan soʻng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlgandi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasida strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga joʻnab ketgani haqida xabar bergan edi.