Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tashkent City hududidagi uchta davlat bankining koʻp qavatli biznes markazlari sotilmoqda. Bu haqda Davaktiv ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, binolar uch qismga ajratilgan holda sotuvga qo‘yilgan.
Birinchi bino «Oʻzsanoatqurilishbank»ga tegishli bo‘lib, umumiy maydoni 82,284 kv.mni tashkil etadi. Bino 33 qavatdan iborat.
Ikkinchi biznes market «Asakabank» tasarrufida. Bino umumiy maydoni 66,202 kv.m bo‘lib, 26 qavatdan iborat.
Uchinchi «Aloqabank»ga tegishli 26 qavatli bino 81,439 kv.m maydonga ega.
Binolar savdosi haqida may oyida e’lon qilingan. Jarayon shu yilning 9-sentabr (18:00) sanasiga qadar davom etadi. Arizalar ssandykbayeva@kpmg.com, ztokanov@kpmg.com, nshuxratov@kpmg.co.uz manzillarida qabul qilinadi. Talab va shartlar bilan Davaktiv e’lonida batafsil tanishishingiz mumkin.
Avvalroq Davaktiv «Neftgazmontaj»ning 100 foiz davlat ulushini sotuvga qoʻygan edi.