Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining «steril» hududi 2 ming kvadrat metrga kattalashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Aeroports axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur kutish zalida oʻrindiqlar bilan jihozlangan keng kutish hududi va «fud-kort» tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda E-auksion.uz platformasidagi savdolar natijalariga koʻra, ikkita kompaniya bilan shartnomalar tuzildi va ular ish faoliyatini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airports kompaniyasi Urganch aeroportini boshqarish boʻyicha tender e’lon qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent xalqaro aeroportida qayta aloqa va fikr-mulohazalar uchun QR kodlar tashkil qilingani haqida xabar bergan edi.