Yangiliklar

Abdumalik Xalokov Olimpiadaning oltin medali uchun kurash olib boradi

U yarim final bahsida g'alaba qozondi
Rasm: MOQ

Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov PariJ-2024 Olimpiada finaliga chiqdi, deb xabar berdi respublika Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

Yarim finalda Xalokov avstraliyalik Charli Seniorni mag’lub etdi. Bokschilar -57 kg bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borishdi.

Final uchrashuvi 10-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovning Parij-2024 Olimpiadadagi g‘alabasi haqida e’lon qilgan edi.