Yangiliklar

Afg‘onistonda Naibobod temir yo‘l stansiyasi qayta tiklandi

Bu mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqich hisoblanmoqda
Foto: Railway.uz

Shu yilning 7-avgustda Naibobod temir yo‘l stansiyasi qayta ochilishiga bag‘ishlangan ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari media markazi xabar qildi.

Unga ko‘ra, qayta tiklanish «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi hamkorligida tuzilgan bitimga muvofiq yo‘lga qo‘yildi. Unda O‘zbekistondan maxsus vakil Ismatulla Irgashev va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Rahmetov ishtirok etdi.

Afg‘oniston delegatsiyasida Bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani, Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusef Vafo, jamoat ishlari vaziri Al-Haj Muhammad Iso «Soniy», jamoat ishlari vazirining temir yo‘llar bo‘yicha o‘rinbosari Alhaj Baxtulrahmon Sharafat va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Afg‘oniston 75 km temir yo‘l liniyasi va Naibobod stansiyasini ta’mirlash va tiklash ishlaridagi ko‘magi uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Har ikki davlat vakillari ham bu boradagi hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi.

Eslatib o‘ramiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l qurilishi uchun Yevropadan mablag‘ jalb qilmoqchiligi haqida yozgan edik.