Yangiliklar

Toshkentda bekatlarda uzoq vaqt turgan avtobus haydovchilariga nisbatan chora ko‘riladi

Xodimding so‘zlariga ko‘ra, oraliq kutish vaqti bir daqiqadan oshmasligi lozim
Foto: «Toshshahartransxizmat» tayyorlagan videolavhadan olindi

«Toshshahartransxizmat»ning 1062 ishonch raqamiga yo‘lovchilardan tushgan shikoyatlarga binoan avtobuslar harakatlanishi ustida nazorat kuchaytirildi. Bu haqda regulyator o‘z matbuot xizmati orqali xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Toshshahartransxizmat» AJga avtobuslarning metropoliten stansiyalariga yaqin avtobus oraliq bekatlarida ko‘p vaqt kutib qolishlari haqida murojaatlar kelib tushgan. Shunga binoan, Harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari muammoli bekatlar ro‘yxatini shakllantirdi.

Shuningdek, bunday muammoni bartaraf etish maqsadida boshqarma xodimlari bir qator nazorat tadbirlari doirasida haydovchilarga tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 1700 ta avtobus smartlashtirilishi haqida yozgan edik.