Respublikada qishloq xoʻjaligi hamda yomgʻir suvlaridan foydalanib togʻli hududlarda barqaror oʻrmon plantatsiyalarni yaratish pilot loyihasini amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilshodbek Nazirov brifingda xabar berdi.
Ushbu loyiha doirasida har bir hududda qishloq xo‘jaligida sugʻorish va oziqlantirish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan namunaviy uchastkalar tashkil etiladi. Bu yerlarda dala maktablari tashkil qilgan holda ularda fermer va dehqon xoʻjaliklarini bilim va koʻnikmalari oshirilib boradi.
Yomgʻir suvlaridan samarali foydalanib oʻrmon plantatsiyalarni tashkil qilish orqali ekotizimlarni iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirish, biologik xilmaxillikni yaxshilash va ekotizim xizmatlarini koʻrsatishga mahalliy aholini jalb qilishga tajribalar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Yevropa davlatlarida yomgʻir suvini ishlatish jadal olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Tojikiston yiliga 1,5 kub kilometrgacha suv Sarez koʻlidan foydalanishini e’lon qilgan edi.