Dollar yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng biroz pasaydi
eʼlon qilindi
Amerika valyutasi deyarli 9 so‘mga arzonlashdi

9-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 8,98 so‘mga pasaydi va 12 651,98 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakat moliya institutlari AQSh valyutasini 12 590 – 12 650 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 670 – 12 715 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dollar yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng bugun pasaydi. 8-avgust kuni AQSh valyutasi 11,97 so‘mga qimmatlashgan edi.