Yangiliklar

Dollar yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng biroz pasaydi

Amerika valyutasi deyarli 9 so‘mga arzonlashdi
Rasm: Piqsels

9-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 8,98 so‘mga pasaydi va 12 651,98 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakat moliya institutlari AQSh valyutasini 12 590 – 12 650 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 670 – 12 715 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dollar yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng bugun pasaydi. 8-avgust kuni AQSh valyutasi 11,97 so‘mga qimmatlashgan edi.