Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tinch okeanida kuchli zilzila xavfi sababli to‘rt kunlik Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan safarini bekor qildi. Bu haqda Kyudo agentligi xabar beradi.
Kisida safarning bekor qilinishini Nagasakidagi atom bombasining 79 yilligiga bag‘ishlangan tinchlik marosimi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bosh vazir tomonidan qabul qilingan ushbu qarorga mamlakat metrologiya agentligining kuchli zilzila haqidagi xabari sabab bo‘ldi.
Payshanba kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi va Miyazaki, shuningdek, qo‘shni prefekturalardagi yirik binolarga ham zarar yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Fumio Kisida Ostonada bo‘lib o‘tadigan Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokidagi ilk sammitida qatnashishi rejalashtirilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» prezident Shavkat Mirziyoyev 7-avgust kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edi.