Gruziya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Haftasiga ikki marta
Foto: T.me/uzbairportsuz

2024-yil 8-avgust kuni Gruziyaning Georgian Airlines aviakompaniyasi Xaykou – Navoiy – Tbilisi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter yuk reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Gruziya samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:43 da Navoiyga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Xitoydan Gruziyaga uchuvchi reyslar haftasiga ikki marta Navoiyda texnik toʻxtash bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Boeing 767-300 yuk tashuvchi samolyotlari orqali amalga oshiriladi.

Georgian Airlines Gruziyaning xususiy aviatashuvchisi boʻlib, shtab-kvartirasi Tbilisida joylashgan yirik aviakompaniyadir.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek