Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov sanoat va energetika masalalarini muhoka qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Uchrashuv Qozog‘istonda bo‘lib o‘tdi
                    
                            
Joriy yilning 9-avgust sanasida O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari uchrashuvida oʻzaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi ikki davlat vakillari sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalariga urg‘u berilish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish lozimligi aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonada Alisher Navoiy haykali qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
