O‘zbekistonda qaysi Kia, Chery va Haval modellari eng ko‘p sotilayotgani ochiqlandi

eʼlon qilindi
Kia K5 avtomobili eng xaridorgir hisoblanadi
Foto: Jizzakh ADM

2024-yilning yanvar–iyun oylarida ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan 11 407 dona avtomobil sotildi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, mazkur davr mobaynida 7112 dona Kia, 3507 dona Chery va 788 dona Haval avtomobillari sotilgan.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, eng xaridorgir model Kia K5 boʻldi. Jami 2160 dona K5 avtomobili sotildi. Shuningdek, brendning Kia Sportage, Sorento krossoverlari bozorda ancha xaridorgir hisoblanadi.

Chery avtomobillari ichida esa Arrizo 6 Pro modeli 1619 dona bilan yetakchiga aylandi. Shu bilan bir qatorda, Tiggo 7 Pro krossoveri1553 dona avtomobil natijasi bilan keyingi oʻrindan joy oldi.

Oʻzbekiston avtomobil bozoriga 2023-yilning oxirida kirib kelgan Haval brendi turli segmentlarda munosib raqobatchiga aylandi. Sotuvlar boʻyicha M6 modeli 387 dona, H6 modeli esa 161 dona natijani koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar–iyun oylarida jami 190 786 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» Kia va BYD Oʻzbekiston avtomobil bozorida ikkinchi oʻrin uchun kurashayotgani haqida xabar berdi.

Shuningdek