Ostonada Alisher Navoiy haykali qo‘yildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, yodgorlik bunyod etilgani qozoq xalqining qardosh O‘zbekistonga bo‘lgan chuqur hurmatining yorqin ifodasi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali ochildi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Bir kun avval davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan birgalikda haykalni ochdi.

«Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana ko‘plab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi» dedi so‘zining yakunida O‘zbekiston prezidenti.

Xabarda, shuningdek, Toshkentda qozoq adabiyoti klassikasi Abay Qo‘nonboyev haykali o‘rnatilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Mirziyoyev va Toqayev 10 yillik strategik sheriklik haqidagi qarorni imzolagan.

Shuningdek